“Real” Trentni muddatidan oldin olish yo‘lini topdi

  • 30 may, 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari “Liverpul”ni shartnomasi yakunlanayotgan Trent Aleksander-Arnoldni muddatidan avval qo‘yib yuborishga ko‘ndirdi.

Tecno

26 yoshli himoyachi hozirgi klubida 30 iyungacha qolishi kerak. Madridliklar esa, uni klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadigan sana – 15 iyungacha qo‘lga kiritishga harakat qilayotgan edi.

Jurnalist   Ramon Alvares de Monning ma’lum qilishicha, tomonlar bu masalada kelishuvga erishdi.

Unga ko‘ra, “Liverpul” o‘z tarbiyalanuvchisini oldinroq qo‘yib yuboradi. Buning uchun “Qirollik klubi” Trentning iyun oyidagi maoshini to‘laydi va muayyan miqdorda kompensatsiya to‘laydi.

Avvalroq, ispan matbuoti “Real” mutasaddilari “Liverpul”ga Trentni erta qo‘yib yuborish uchun 1-2 million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyor ekani haqida yozgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!