“Real”: Umid qilma, yanvarda hech biring ketolmaysan!
Football Espana nashrining xabar berishicha, Madriddning “Real” klubi qishki transferlar oynasi uchun transfer siyosatini aniq belgilab oldi va yanvar oyida hech bir futbolchiga jamoani o‘zgartirishiga ruxsat berilmaydi.
Klub qarori tufayli braziliyalik legioner Endrikning ijaraga asosda “Lyon”ga ko‘chib o‘tgani yagona chiqish transferi bo‘lib qolaveradi.
Bu holat madridliklar safida jarohatlangan o‘yinchilar ko‘payishi ortidan klubda murakkab vaziyat vujudga kelgani bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Xususan, Trent Aleksandr-Arnold va Daniel Karvaxal uzoq muddat jamoaga yordam bera olmayapti. Bosh murabbiy Xabi Alonso o‘ng qanot himoyasini yopish uchun boshqa amplua o‘yinchilari hisoblangan Raul Asensio va Federico Valverdedan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.
Chap qanot himoyasi uchun olingan Alvaro Karreras ham bir necha o‘yinni mudofaa markazida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar