
“Real”: Shu hujumchini yarim narxiga olib keting!
“Real” rahbariyati ishonchli oqlamagan hujumchi Luka Yovich bilan xayrlashishga tayyor. Serbiyalik hujumchi bir nechta urinishda ham madridliklar safidan muqim o‘rin ola bilmadi. U “Qirollik klubi” safida to‘purarlik mahoratini namoyish qila olmayapti.
Xususan, bu yilgi chempionatda Yovich 13 marotaba maydonga tushib, atigi bitta gol urdi.
“Real” jamoaga kerak bo‘lmay qolgan hujumchini 30 million evroga bo‘lsa ham sotib yuborishga tayyor.
Madridliklar Yovichni 2019 yilda “Ayntraxt”dan 63 million evroga xarid qilgan edi. Bundesligada to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilib kelgan futbolchi uch yildan beri Ispaniya chempionatida umuman o‘zini ko‘rsata olmayapti.
Fikrlar