
"Real" undan yuz o‘girdi
"Real" rahbariyati "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni sotib olish fikridan qaytdi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, madridliklar bu borada bor e’tiborini PSJ forvardi Kilian Mbappega qaratishga qaror qilgan. Ammo 22 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi 180 mln evroga baholanmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan va u hozircha ushbu kelishuvni uzaytirishga rozi bo‘lmayapti.
Mbappe joriy mavsum PSJ safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar