“Real” va “Barsa” hali tanilmagan oʻyinchiuchun kurashyapti
Niderlandiya chempionatida “AZ Alkmaar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachisi Kes Smit Yevropa grandlarining e'tiborini shўziga qaratishda davom etmoqda.
Madridning “Real” klubi 19 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi, shu bilan birga “Barselona” ham bu oʻyinchi ashaddiy raqib safida emas, balki Kataloniya klubida toʻp tepishini istayapti.
Ispaniya klublari orasida “Atletiko” Kes Smit uchun kurash olib borayotgani ham ma'lum boʻldi. Endi nomi chiqayotgan iqtidorli oʻyinchi bir necha oydan beri Angliya Premier-ligasi vakillari “Manchester Siti” va “Chelsi” skautlari tomonidan kuzatuvga olingan.
Taniqli insayder Matteo Moretto X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida turli klublar skautlari Smitning oʻyinini bevosita tomosha qilish uchun uning ishtirokidagi oʻyinlarga kelayotganini ma'lum qildi.
Transfermarkt ma'lumotlariga koʻra, Kes Smitning bozor qiymati ayni paytda 22 million evroni tashkil etadi. Futbolchining “AZ Alkmaar” bilan shartnomasi 2028 yilning oʻrtalarigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi 26 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol va beshta golli uzatma muallifi boʻldi.
Fikrlar