
"Real" va "Barsa" qiziqish bildirgan futbolchi Angliya klubini tanladi
"Malaga" klubining chap qanot hujumchisi Antonio Kordero yaqin orada Angliyaning "Nyukasl" jamoasi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Insayderning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 18 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini allaqachon yakunlagan va tez orada bu haqda rasmiy e’lon qilinadi. Qayd etilishicha, Korderoga "Real" va "Barselona" ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchining o‘zi "Nyukasl"ga o‘tishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Kordero Ispaniya Segundasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan. "Transfermarkt" mutaxassislari futbolchining narxini ikki million evroga baholamoqda.
Fikrlar