"Real" va "Barsa"ga o‘tishni istamagan futbolchi boshqa bir grand klub bilan kelishuvga erishdi

  • 26 aprel, 2020, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi himoyachisi Dayot Upamekano faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Soccerlink nashrining yozishicha, 21 yoshli frantsuz va myunxenliklar o‘zaro kelishuvga erishishgan. Shu o‘rinda Dayotga "Barselona" va "Real" kabi ispan grandlaridan ham qiziqishlar bo‘lganini aytish lozim.

Endi, Upamekano “RB Leyptsig” rahbariyatidan o‘zining transfer narxini tushirishni so‘rashi kerak. Boisi, klub uni 58 mln evroga baholamoqda. Bu esa “Bavariya”ga inqiroz paytida qimmatlik qilishi mumkin.

Dayot Upamekano joriy mavsum “RB Leyptsig” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!