«Real» va «Barselona» «Aston Villa» yarim himoyachisiga koz tikdi
«Aston Villa» yarim himoyachisi Yoxan Manzambiga «Barselona» va «Real Madrid» qiziqmoqda, uning bahosi 65 million yevro atrofida.
«Aston Villa» jamoasida to‘p surib kelayotgan shveytsariyalik yarim himoyachi Yoxan Manzambi Ispaniyaning yetakchi klublari diqqat markaziga tushdi.
21 yoshli futbolchining mavsum boshidagi ishonchli va ta’sirli o‘yinlari La Liga grandi hisoblangan «Barselona» va «Real Madrid» skautlarini befarq qoldirmagan. Manzambi joriy yozda Germaniyaning «Frayburg» klubidan «Aston Villa» safiga qo‘shilgan edi. Mutaxassislar hozircha uning transfer qiymatini taxminan 65 million yevro atrofida baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Yoxan Manzambi Angliya chempionatida «Aston Villa» tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. U shu vaqt ichida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va yana ikki golga assistentlik qildi.

Izohlar (0)