"Real" va "Barselona"ning sobiq futbolchisi bugungi "el-klasiko"da kimning imkoniyati yuqori ekanini va kimga muxlislik qilishini aytdi

  • 20 mart, 2022, 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Real" klublarining sobiq futbolchisi Mikael Laudrup bugun bo‘lib o‘tadigan “el-klasiko” oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Kimga muxlislik qilaman? Menga doim shu savol beriladi va nima deb javob berishni bilmayman. Men daniyalikman... Nega men jamoalardan biriga muxlislik qilishim kerak? Bu savolni tushunmayapman. Men “Kamp Nou” yoki “Santyago Bernabeu”ga kelganimda, menga qadrdon bo‘lgan odamlarni qidiraman.

Ikki oy oldin bu eng yaxshi holatda bo‘lmagan jamoalar o‘rtasidagi “klasiko” bo‘lardi. Lekin hozir “Real” ham, “Barselona” ham o‘ziga juda ishongan. Bizni yaxshi o‘yin kutyapti.

"Real" biroz ustunlikka ega, chunki u o‘z maydonida o‘ynaydi, "Barsa" esa Turkiyada juda ko‘p kuch sarfladi. U erda ular qiyin o‘yin o‘tkazishdi", - dedi Laudrup RAC1 ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!