Asosiy mazmunga oʻtish

«Real» va «Chelsi» «Arsenal» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Chelsi» va «Real» «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendini qishki transfer oynasida sotib olishga qiziqmoqda.

«Arsenal»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

El Nacional nashri xabar berishicha, 27 yoshli futbolchi xizmatlariga Londonning «Chelsi» va Madriddning «Real» klublari qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, agar Subimendining «Arsenal»dagi o‘yin amaliyoti oshmasa, u yanvar oyida tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yarim himoyachining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Subimendining transfer qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q