"Real" va MYu yozda o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin

  • 26.03.2019 15:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" va "Manchester Yunayted" yozgi transferlar davrida o‘zaro futbolchi almashtirishlari mumkin. Bu haqda ispan nashrlari xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “qirollik klubi” frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshlagan va buning uchun o‘zining kolumbiyalik xavbeki Xames Rodrigesni “qizil iblislar”ga berishga tayyor.

Qayd etish lozimki, Pogbani shaxsan jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan Madridda ko‘rishni xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Pogba joriy mavsum MYu safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 11 assist yozdirib qo‘ydi.

Mavsumni “Bavariya” safida ijara asosida o‘tkazayotgan 27 yoshli Xames esa 23ta o‘yinda ishtirok etdi va  7ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!