“Real” va “Siti” bir futbolchini nishonga oldi

  • 01.12.2025 22:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida “Nottingem Forest” sharafini himoya qilayotgan Elliot Anderson faoliyatini yanada qudratliroq klublarda davom ettirish imkoniga ega.

Defensa Central nashrining ta’kidlashicha,  “o‘rmonchilar” o‘z etakchisini Angliyaga klublariga qo‘yib yuborgandan ko‘ra, boshqa ligalarga jo‘natishni ma’qul ko‘rmoqda. Shu bois, “Nottingem Forest” bu masalada “Real” bilan hamkorlik o‘rnatishni tayyorgarlik ko‘ryapti.

23 yoshli futbolchiga Angliyaning o‘zidan da’vogarlar bor. Xususan, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” ham Elliot  Andersonga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, “o‘rmonchilar” o‘z o‘yinchini 114–137 million evroga baholamoqda va shu summaga yaqin mablag‘ takliq etilsa, uni qabul qilishga tayyor.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!