Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" vakillari mavsumning so‘nggi o‘yinidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etmadi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Hech kim intervyu bermadi!

"Real" vakillari La Liganing soʻnggi turidan keyin jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.

Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa mavsumning oxirgi bahsida "Atletik"ni 4:2 hisobida magʻlub etdi.

"Marca" nashrining xabar berishicha, oʻyindan keyin na futbolchilar, na bosh murabbiy matbuotga intervyu bergan. Hatto anʼanaviy matbuot anjumani ham oʻtkazilmagan.

"Real" joriy mavsumni sovrinsiz yakunladi. Shuningdek, yaqin vaqt ichida Xose Mourinyo Arbeloaning oʻrnini egallashi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q