
"Real" Van de Bekni yozda xarid qilishi mumkin
"Real" "Ayaks" klubi yarim himoyachisi Donni Van de Bekga qiziqish bildirmoqda.
22 yoshli futbolchi 2020 yilning yoz faslida 50 mln evro evaziga madridliklar safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ammo Madrid klubi uchun MYu yarim himoyachisi Pol Pogba ma’qulroq variant sifatida ko‘rilmoqda. Shu yilning yozida "Real" Pogbani xarid qilish uchun urinib ko‘rdi, biroq transfer amalga oshmay qoldi.
Amaldagi mavsum yakuniga etgach, "qaymoqranglilar" Van de Bek borasida muzokaralarga kirishishi kutilmoqda.
Fikrlar