“Real” xavotirda!
“Real” murabbiylar shtabi jamoa himoyachisi Dani Karvaxalning tayyorgarlik darajasidan xavotirda ekanini yashirmayapti.
Klub rahbariyatiga ispaniyalik himoyachining o‘tgan mavsum oxiri va joriy chempionat boshida ko‘rsatgan o‘yini juda ma’qul kelgandi. Lekin jarohatlar ta’sirida futbolchining funktsional tayyorgarligida kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi.
Marca nashri 31 yoshli futbolchi keyingi paytda har bir uchrashuvda jismoniy tomondan qiynalayotganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Real” rahbariyati Karvaxalning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yosh, baquvvat va tezkor o‘ng qanot himoyachisini qidirishga kirishgan.

Fikrlar