"Real" Xolandni sotib olmaganidan afsusda emas

  • 4 sentabr, 2022, 17:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer oynasida Erling Xoland "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga o‘tdi. Norvegiyalik hujumchi "Real"ning “short-listi”dan joy olgan edi, ammo madridliklar Kilian Mbappeni sotib olishni afzal ko‘rdi va Xoland borasida kurashni davom ettirmadi.

Tecno

Ispaniyaning “Marca” nashri xabariga ko‘ra, "Real" Xolandni sotib olmaganidan afsusda emas. Madrid klubi rahbariyatiga fikriga ko‘ra, ayni payt tarkibda top-darajadagi forvard bor - Karim Benzema.

Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli Erling Xoland “Manchester Siti”ga faoliyatini ajoyib boshladi. Norvegiyalik futbolchi mavsumning o‘tgan etti uchrashuvida 10 ta gol urdi.

“Transfermarkt” nashri ayni payt Erling Xolandning narxini 150 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!