
“Real” Xolandni transfer qiladigan bo‘lyapti
“Real” rahbariyati “Manchester Siti”da porlayotgan Erling Xolandni transfer qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqdi.
Unga ko‘ra, madridliklar kelasi yoz Xolandni bezovta qilmaydi. “Qirollik klubi” Xolandning shartnomasida ko‘rsatilgan 2024 yili futbolchini 180 million evroga sotib olish imkonini beruvchi bandga tayanmoqda.
Bitimdagi bu band faqat xorij klublari uchun amal qiladi. Angliya klublari Xolandni bu narxga sotib ololmaydi. “Real” oldida turgan asosiy vazifa Xolandni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish.
Aslida norvegiyalik to‘purar yozda “Real”ga o‘tishga moyil bo‘lgandi. Lekin “Qirollik klubi” asosiy nishon sifatida Kilian Mbappeni bo‘lgiladi. Oqibatda, madridliklar har ikki o‘yinchidan quruq qoldi.
Fikrlar