«Real» Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisini transfer qilishni rejalashtirmoqda
Madridning «Real» klubi 22 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Petar Suchichni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida futbol insayderi Ekrem Konur xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga Angliyaning «Nottingem Forest» va «Nyukasl» klublari ham da’vo qilmoqda. Ayni vaqtda Suchich «Inter» sharafini himoya qilmoqda va milanliklar futbolchining transfer qiymatini 60–65 million yevroga baholamoqda.
Suchich 2025 yilda Zagrebning «Dinamo» klubidan «Inter»ga o‘tgan. Undan bir yil avval Xorvatiya terma jamoasi safida debut qilgan.

Fikrlar