
"Real" yana bir braziliyalik iste’dodni nishonga oldi
Madridning "Real" klubi "Santos" hujumchisi Markos Leonardo uchun kurashga kirishdi.
"Globo" portali xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" 20 yoshli hujumchi haqida dastlabki ma’lumot olish uchun futbolchining hozirgi jamoasi bilan bog‘langan. "Nyukasl" ham yanvar oyida hujumchini sotib olishga qiziqish bildirgandi. Futbolchining 70 foiz huquqlariga egalik qiluvchi “Santos” uning 2024 yilda klubni tark etishi ehtimoli kuchli ekanini biladi.
Eslatib o‘tamiz, Markos Leonardo "Arsenal", "Roma" va "Nyukasl" kabi klublarning nishonida. "Transfermarkt" portali braziliyalik futbolchining narxini 17 million evroga baholamoqda.
Fikrlar