"Real" yana Dibala rejasiga qaytdi

  • 10.08.2020 13:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati yana “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalani sotib olish rejasiga qaytmoqda.

Madridliklar 26 yoshli argentinalik to‘purarning transferiga Toni Kroos yoki Iskoni qo‘shib berishga tayyor. Bu haqda Sport Mediaset xabar tarqatmoqda. “Qirollik klubi” shu yo‘l bilan 100 mln evroga baholanayotgan futbolchining transfer narxini pastlatmoqchi. Biroq, Krishtianu Ronaldu PSJga o‘tib ketishi mumkinligi bois turinliklar Dibalani qo‘yib yuborishni rejalashtirishmayapti.

Dibala o‘tgan mavsum A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!