"Real" yangi mavsum uchun yana bir libosini namoyish qildi (foto)
Madridning "Real" klubi 2021/22 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini namoyish qildi.
“Qirollik klubi”ning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan libos zumrad rangda ishlangan. Unda qora va oq elementlar ham bor.
"Real" La Ligada dastlabki 4 ta turdan so‘ng 10 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.




Fikrlar