"Real" "yangi Pogba" deb atalgan Manzambiga qiziqmoqda
"Tuttojuve" xabariga ko‘ra, "Frayburg" safida to‘p surayotgan shveytsariyalik yarim himoyachi Yoxan Manzambi Ispaniya grand klubiga yo‘l olishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga "Real Madrid" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" istiqbolli o‘yinchini ehtimoliy transferlar ro‘yxatiga kiritgan va uning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqchi.
Qayd etilishicha, Manzambi o‘yin uslubi tufayli Pol Pogbaga qiyoslanmoqda. Uning transfer qiymati taxminan 35 million yevroni tashkil qiladi, amaldagi shartnomasi esa 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma mualliflik qilgan.
Fikrlar