“Real” yoki “Siti”? Gvardiol qaysi klubni tanladi?
Sportske Novosti nashri ma'lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol Madriddning “Real” klubi qiziqish bildirganiga qaramay, Angliya jamoasida qolishga qaror qildi.
24 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Manchester Siti” bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Uning amaldagi bitimi 2028 yilgacha davom etishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo “Real” bosh murabbiyi etib tayinlangandan keyin Gvardiol madridliklarning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan edi.
O‘tgan mavsumda Gvardiol “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar