“Real” yordamga “Liverpul” yulduzini chaqiryapti

  • 02.06.2023 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” yozgi transferlar vaqtida kuchaytirishi lozim bo‘lgan pozitsiyalar bor. Karlo Anchelotti chap qanot himoyasida muammo borligini uqtirgan.

Italiyalik bosh murabbiy mavsum davomida tayanch yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani aynan mana shu pozitsiyada o‘ynatishga majbur bo‘ldi. Frantsiyalik futbolchiga bu qaror yoqmayapti.

Chap qanot himoyasiga mas’ul bo‘lgan Ferlan Mendini klub mutasaddilari sotib yubormoqchi. Ular bu nuqtaga “Liverpul” etakchisi Endryu Robertsonni olib kelishni rejalashtirmoqda.

“Liverpul”ning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani shotlandiyalik futbolchining rejalarini o‘zgartirishi mumkin.

29 yoshli Robertsonning transferi “Real”ga 50 million evro atrofidagi  summaga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!