“Real” yozda uch nafar futbolchini qaytarib oladi

  • 03.04.2026 06:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati yozda jamoa tarkibida oʻzgarish qilishga bel bogʻlagan va ana shu maqsadda boshqa klublarga sotib yuborilgan yoki ijaraга joʻnatilgan uch nafar futbolchini qaytarishga qaror qildi.

Ispan matbuotining yozishicha, madridliklar safiga hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hamda hujumchilar Viktor Munyos va Endrik qaytib keladi.

Bu futbolchilar jamoaning mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etadi.

19 yoshli Endrik asosiy jamoada oʻyin amaliyotisiz qolib ketayotganи bois yanvar oyida Fransiyaning “Lyon” jamoasga ijara asosida oʻtgan edi.

21 yoshli Pas va 22 yoshli Munyos hozirda mos ravishda “Como” va “Osasuna”da oʻynamoqda, ammo “Real”da ularni qayta sotib olish imkoniyati mavjud. Madridliklar bu huquqdan foydalanib, oʻzlari tarbiyalagan oʻyinchilarni yana klubga qaytarmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!