“Real” yulduz hujumchisini Angliyaga sotadigan bo‘ldi

  • 22 may, 2024, 19:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJni tark etgan Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi oydinlashib qoldi. Madridliklar frantsiyalik hujumchining kelishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” hujum chizig‘ida o‘zgartirish qilishiga to‘g‘ri keladi. Todofichajes nashri “Real” braziliyalik hujumchi Rodrigoni yozda sotib yuborishi mumkinligini yozmoqda.

23 yoshli futbolchiga Angliyaning grand klublari og‘iz solmoqda. Xususan, “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Rodrigoga ish taklif qilishga tayyor.

Transfer bo‘yicha ekpertlarning ta’kidlashicha, iste’dodli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan klublar 100 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Rodrigoning poytaxt klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan. Hujumchi chempionlik mavsumida La Ligada 33 ta o‘yinja qatnashib, o‘nta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!