“Real” yulduzi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

  • 25.04.2026 18:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” klubining tajribali himoyachisi Eder Militao jarohati sabab 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqida jurnalist Migel Anxel Dias ma'lum qildi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi chap son mushagidan yangi jarohat olgan va uni operatsiya qilish zarur. Shu sababli braziliyalik futbolchi mundial boshlanishiga qadar tiklanishga ulgurmaydi.

Joriy mavsumda Militao barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ma'lumki, Braziliya milliy terma jamoasi jahon chempionatining “S” guruhida Gaiti, Marokash va Shotlandiya futbolchilari bilan bahs olib boradi.

2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!