“Real” yulduzi pul ishlagani ketadigan bo‘ldi

  • 06.01.2026 18:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” klubi rahbariyati jamoaning yetakchi himoyachilarida Antonio Ryudiger masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakunlanadi. 

“Qirolik klubi” jamoada kuchli ta'sirga ega o‘yinchini tarkibda saqlab qolmoqchi. Biroq Ryudigernig maqsadi boshqa ekani ma'lum bo‘ldi. 
Tajriba­li himoyachi erkin agent maqomini olganidan keyin Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi. 

Ryudigerda Evropada qolish uchun variantlar yetarli. “Real”dagi faoliyatini davom ettirishni istamagan taqdirda ham, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” unga so‘ragan sharoitini yaratib berishga tayyorligini bildirgan. PSJ rahbariyati jamoaga tajribali yetakchi kerak, deb hisoblaydi va bu rolga aynan Ryudigerni mos, deb biladi.

Joriy mavsum Ryudiger og‘ir jarohat tufayli “Real” safida barcha musobaqalarda yetti o‘yin o‘tkazdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Ryudigernig taxminiy qiymati ayni paytda 12 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!