“Real” yulduzini olamiz!
“Chelsi” yozgi transferlar oynasi davrida transfer bozoriga kirish uchun hozirdan tarkibni kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda.
Transfer News Live va Defensa Central kabi manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Premier-ligasi grand klubining e’tiborida “Real” yarim himoyachisi Orelien Tchuameni turibdi.
Londan klubi mutasaddilari fransiyalik o‘yinchi bo‘yicha madriddliklarga joriy mavsum yakunlangandan keyin rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Biroq ayrim manbalarda qayd etilishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari 26 yoshli fransiyalik futbolchini sotish niyatida emas. Transfer faqat Tchuameni o‘zi istasa yoki maoshini oshirishni talab qilsagina amalga oshishi mumkin.
Transfermarkt mutaxassislari universal xususiyatlarga ega Orelien Tchuamenining transfer qiymatini 75 million yevro deb baholashmoqda.
Fikrlar