
"Real" yulduzining "Al-Nassr"ga transferi mish-mish emas (video)
"Real" Madrid klubi vingeri Eden Azar faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin.
Belgiyagik futbolchi bugun "Al-Nassr" jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya ofisi yaqinida ko‘rinish bergan. Avvalroq ham uning Saudiya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayotgandi.
Qayd etish lozim, Rudi Garsiya hamda Eden Azar Frantsiyaning "Lill" klubida birgalikda faoliyat olib borgan.
32 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar