"Real" zaxira variantini ham o‘ylab qo‘ydi

  • 12.04.2021 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi "Real"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Agar Madrid klubi yozda "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni sotib ololmasa, bor e’tiborini aynan Keynga qaratadi.

O‘z navbatida "Tottenxem" Keynning transferini 140 million evroga baholamoqda. Unga “Real”dan tashqari "Barselona", PSJ, "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublar ham xaridor bo‘lmoqda.

Keyn joriy mavsum "Tottenxem" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 29 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!