"Real" zo‘rga yutdi, Vinisius jamoani qiynab qo‘ydi
«Real Madrid» La Liganing 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Vilyarreal» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Madridda o‘tgan bellashuv 1:0 hisobi bilan mezbonlar foydasiga yakunlandi.
Uchrashuvda yagona gol 62-daqiqa to‘g‘ri keldi. «Real» vingeri Yan Diomande jamoadoshi Federico Valverde yo‘llagan aniq pasdan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi.
71-daqiqada «Real» hujumchisi Vinisius Juniyor tomonidan urilgan gol videotakror (VAR) yordamida bekor qilindi. Oradan ko‘p o‘tmay braziliyalik futbolchi maydonni tark etishga majbur bo‘ldi – u to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Shu bois Vinisius navbatdagi turdagi asosiy raqib – «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Real» 18 ochko jamg‘argan holda La Liga jadvalida 3-pog‘onaga ko‘tarildi. «Vilyarreal» esa 8 ochko bilan 11-o‘rinni egalab turibdi.
Keyingi turda «Real» o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv 18 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Vilyarreal» esa 17 oktyabr kuni o‘z uyida «Elche»ga qarshi maydonga tushadi.
REAL – VILYARREAL – 1:0 (0:0)
Gol: Diomande, 62 (1:0).
Maydondan chiqarish: Vinisius, 73.

Fikrlar