
“Real” zo‘r o‘yinchisidan voz kechdi
“Real” rahbariyati jamoa himoyachisi Dani Karvaxal bilan xayrlashishga qaror qildi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni kelasi mavsum rejalariga kiritmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mutasaddilari 30 yoshli futbolchining jismoniy holati ma’qul kelmagan. Himoyaning o‘ng qanotida harakat qiladigan o‘yinchiga bahs davomida juda katta bosim tushadi. Dani keyingi paytda asosiy tarkibga kirishga qiynalib qolmoqda.
“Qirollik klubi” Karvaxal o‘rniga yosh va chaqqon o‘yinchi olishni rejalashtirmoqda. Madridliklar ro‘yxatida “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalot va “Norvich” vakili Maks Aaron bor.
Joriy mavsumda Karvaxal Ispaniya chempionatida 16 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar