“Real”da emas, undan zo‘r jamoada o‘ynaydi!

  • 17 yanvar, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati qahramonlaridan biri Yoshko Gvardiol yozda hozirgi jamoasi "Leyptsig"dan ketadi.

Tecno

Unga talabgorlar ko‘p. Aksariyat nashrlar xorvatiyalik himoyachi “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi.

Biroq, endi ma’lum bo‘lishicha, Gvardiolni madridliklarning taklifi qiziqtirmaydi. Yoshko faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirish istagini bildirmoqda.

Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, yozda Yoshko Gvardiolning narxi 100 million evrodan oshadi.

20 yoshli himoyachiga, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Liverpul” kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!