“Real”da hech kim do‘st bo‘lmaydi
Madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal “Real” klubining ichki muhiti haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Real”da do‘st topish mushkul. “Bayer”da o‘ynagan vaqtimda futbolchilarning o‘rtacha yoshi 23 da edi va do‘stlashish oson bo‘lardi. “Real”da esa hamma o‘zi bilan ovora, ko‘proq mehnat qilish kerak va boshqa munosabatlarga vaqt qolmaydi.
Jamoadagi eng muhim odam bu Zinedin Zidan. U doim xotirjamligi bilan hayratga soladi. U har birimizni yaxshi natija ko‘rsata olishimizga ishontira oladi, - dedi Dani Karvaxal.

Fikrlar