"Real"da jarohatlar bo‘yicha so‘nggi yangiliklar ma'lum qilindi
Jurnalist Abraham Romero "Real" safidagi jarohat olgan futbolchilarning holati haqida maʼlumot berdi.
Uning xabar qilishicha, tizzasini tekshiruvdan o‘tkazgan Kilian Mbappe hozirda Parijda "Real" murabbiylari bilan birga bo‘lib turibdi va juma kuni jamoa safiga qaytishi kutilmoqda.
Jud Bellingem esa son qismidagi jarohat yuzasidan boshqa mutaxassisdаn ikkinchi xulosa olish maqsadida Londonda bo‘lib turibdi.
Eduardo Kamavinga haligacha kuchli tish og‘rig‘idan aziyat chekmoqda.
Bo‘yin umurtqa bog‘lamlari cho‘zilishi sababli safdan chiqqan Raul Asensio sog‘ayish yo‘lida. Ikronoj mushagida muammolari bor David Alabaning "Selta"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi esa so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, Madrid jamoasi juma kuni La Liganing 27-turi doirasida safarda "Selta"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar