“Real”da o‘ynolmagan Trent Angliyaga qaytib ketishi kutilyapti
“Real” oʻng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Madriddga yozda kelganiga qaramay, Madrid klubini tark etishi mumkin, chunki unga Angliya Premier-ligasining uchta klubi qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida Give me Sport nashri xabar berdi.
Angliyalik futbolchi oʻtgan yozda “Liverpul” bilan xayrlashib, “Real”ga erkin agent sifatida oʻtgan edi. Madriddliklar uni klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidan oʻynatish maqsadida bir necha kun avval qoʻlga kiritish uchun mersisaydliklarga 10,5 million yevro oʻtkazib bergandi.
Katta umidlar bilan “Peal”ga olib kelingan Trent jarohatlar va boshqa bir qator muammolar tufayli yangi jamoaga toʻliq moslasha olmadi.
Manbaga koʻra, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” tajribali futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Ular angliyalik himoyachini Premier-ligaga qaytarish uchun 40 million yevro toʻlashga tayyor.
Trent hozirgacha himoyachi La Ligada sakkizta, Chempionlar ligasida esa uchta oʻyinda maydonga tushgan. “Liverpul”da Aleksandr-Arnold yuqori samaradorligi bilan ajralib turgan boʻlsa, Ispaniyada u hozircha faqat bitta golli uzatmaga ega.

Fikrlar