"Real"da uch nafar futbolchi jarimaga tortildi, Vinisius esa jazosiz qoldi

  • 4 aprel, 20:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA "Atletiko" - "Real" o‘yinida tartib-intizomni buzgan uch nafar "qaymoqranlilar" futbolchisini jarimaga tortdi. 

Mart oyi so‘nggida Evropa futbol assotsiatsiyasi ittifoqi Madrid klubi futbolchilari Antonio Ryudiger, Kilian Mbappe, Dani Sebalos va Vinisius Juniorning "Atletiko"ga qarshi (2:1, 0:1, penaltilar seriyasida 4:2) bellashuvdan keyingi harakatlarini o‘rganishini ma’lum qilgandi. 

Bugun UEFA nazorat va tartib-intizom organi Vinisiusga nisbatan ish ochilmaganini va unga jazo chiqarilmaganini ma’lum qildi. Vinisius zaxiraga olinganidan so‘ng muxlislarga o‘z klubida 15 ta, ularda esa 0 ta EChL kubogi borligi ishorasini ko‘rsatgandi. 

"Qirollik klubi"da Ryudiger 40 ming, Mbappe 30 ming va Sebalos 20 ming evro jarimaga tortildi. Shuningdek, Mbappe va Ryudiger bitta sinov o‘yini oladi va mazkur bellashuvda ular intizomni qayta buzsa, diskvalifikatsiya qilinadi. 

Qayd etish lozim, bellashuvdan so‘ng Ryudiger quyidagi pastdagi suratda tasvirlangan jesti uchun "Arsenal"ga qarshi ilk bellashuvdan chetlatilishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqayotgandi: 

UEFA provedet rassledovanie v otnoshenii Ryudigera, Mbappe, Vinisiusa i  Sebalosa

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!