“Real”da ziddiyat yuzaga keldi, futbolchilar Alonsoga qarshi boryapti

  • 02.12.2025 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionligi uchun kurashayotgan “Real”ning  La Ligadagi oxirgi uchta uchrashuvda “Rayo Valekano”, “Elche” va “Jirona” bilan ochko bo‘lishganidan keyin jamoa ichida kelishmovchiliklar avj ola boshladi.

Bu haqda ikkita nufuzli manba – Goal va The Athletic jurnalistlari xabar tarqatmoqda.

Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta bo‘sh o‘yindan keyin jamoa ichida qarama-qarshi fikrlar ko‘payib ketdi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, hozirgi holat hali inqirozli emas va uni muzokaralar va muhokamalar yo‘li bilan hal qilish yo‘li bor.

Shunga qaramay, bosh murabbiy Xabi Alonso bir necha haftadan beri jiddiy tanqidlar markazida qolmoqda. Oktyabr oyida ham Alonsoning jamoa o‘yin uslubiga shaxsiy yondashuvi va ayrim taktik g‘oyalari asosiy tarkib futbolchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.

O‘shanda ham “Santyago Bernabeu”da Alonso va jamoa vakillari uchrashib, o‘zaro muammolarni muhokama qilgan edi.

Jamoa etakchilaridan Kilian Mbappe, Federiko Valverde va Eduardo Kamavinga  jamoa ichidagi bo‘linishlar haqidagi mish-mishlarni rad etishga harakat qilmoqda.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!