
"Real"dagi mavqeidan norozi bo‘layotgan Asensioga APL grandidan taklif bor
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"The Mirror" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Liverpul" ispaniyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishini tikladi. Ayni damda Marko "qaymoqranglilar" safidagi holatidan mamnun emas. U ko‘proq amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda.
25 yoshli futbolchi bu mavsumda La Liganing 6 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mersisayd klubi ancha vaqtdan buyon Asensioning xizmatlariga qiziqish bildirib kelayotgan edi.
Fikrlar