"Real"dagilar Alonsoning uslubiga shubha qilishni boshlashdi

  • 10 noyabr, 12:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi La Liga 12-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga (0:0) qarshi bahsda g‘alaba qozona olmadi.

Tecno

"Qaymoqranglilar" o‘yinga yaqqol favorit sifatida yondashishdi, ammo maydonda raqibdan ustunlik ko‘rsata olishmadi. Uchrashuv yakunlangach, matbuotda yana murabbiy Xabi Alonsoning ishidan norozilik haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Shunday qilib, Marca nashrining xabariga ko‘ra, "Real"dagilar ispaniyalik mutaxassisning o‘yin uslubiga shubha qila boshlagan.

Xabi Alonso yoz boshida Karlo Anchelotti o‘rnini egalladi. Madrid grandi hamon Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!