“Real”dan 50 million yevroga hujumchi olamiz
Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” hujum chizig'ini kuchaytirish uchun “Real”ning qanot hujumchisi Franko Mastantuononing transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Neapol shahrı sharafini himoya qilayotgan klub 18 yoshli futbolchini yanvar oyidayov sotib olishga tayyor va buning uchun 50 million yevro taklif qilishini bildirdi.
Bu haqida Defensa Central xabar beryapti.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, “Qirollik klubi” noyob iste'dod sohibi hisoblangan Mastantuononi to'liq sotib yuborishni rejalashtirmagan va mavsumning ikkinchi qismida argentinalik o'yinchi o'zining yaxshi sport formasi hamda yuqori saviyadagi o'yinini namoyish etishiga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Mastantuono barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevroga teng.
Fikrlar