“Real” to‘purardan yuz o‘girdi

  • 05.02.2023 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlaxovich Turin klubi atrofida yuzaga kelgan keskin vaziyatdan norozi holda boshqa klubga o‘tishga qaror qilgan.

Serbiyalik to‘purarning agentlari uning xizmatlarini “Real”ga taklif qildi. Avvalroq, madridliklar iste’dodli hujumchiga qiziqish bildirgandi.

Biroq, Libertad Digital nashrining ma’lum qilishicha, “Real”ning tanlovi o‘zgargan. “Qirollik klubi” Dushan Vlaxovich vakillariga bu o‘yinchiga ehtiyoj yo‘qligini bildirgan.

Dushan Vlaxovich darajasidagi o‘yinchiga boshqa jamoalardan taklif tushishi kutilmoqda. Yaqinda “Manchester Yunayted” hujum chizig‘iga bu futbolchini olib kelishni istayotgani aytilgandi.

“Yuventus” o‘z hujumchisini 80 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!