
"Real"ga "RB Leyptsig" futbolchisini sotib olishni taklif qilishmoqda
"RB Leyptsig"ning hujumkor yarim himoyachisi Kristofer Nkunku faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli futbolchining xizmatlarini "Real" Madridga taklif qilishmoqda. Nemis klubi uni 50 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Nkunku joriy mavsum "RB Leyptsig" safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar