“Real”ga to‘qnash kelgan “Barsa” katta yo‘qotishga duch keldi

  • 30 iyul, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya grandlari – “Barselona” va “Real” mavsumoldi yig‘ini doirasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

O‘yinda yirik hisobda g‘olib chiqqan kataloniyaliklar jiddiy yo‘qotishga uchradi. Bellashuvning 29-daqiqasida Andreas Kristensen mushaklaridagi og‘ri tufayli o‘yinni davom ettira olmadi va o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “Barselona”ning yangi o‘yinchisi Ilkay Gyundog‘an o‘zini almashtirishlarini so‘radi. Germaniyaning futbolchining o‘ng oyoq paylari shikastlangani uchun maydonni tart etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har ikki futbolchi “Milan”ga qarshi o‘tkaziladigan navbatdagi uchrashuvda aniq qatnashmaydi. Gyundog‘an “Tottenxem” bilan bo‘ladigan  o‘rtoqlik o‘yinida ham jamoasiga yordamlasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!