“Real”ga yoqmaydigan xabar keldi

  • 9 yanvar, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Qatardagi jahon chempionatida o‘zining yuqori saviyali o‘yinchi ekanini namoyish qilgan Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni qo‘lga kiritishni orzu qilmoqda.

Tecno

Yaqinda xorvatiyalik futbolchi o‘ziga boshqa jamoa yoqishini va kelajakda faoliyatini o‘sha klubda davom ettirish istagi borligini bildirdi.

- Qaysi jamoa uchun o‘ynashni orzu qilayotganimni so‘rashyapti. Shubahsiz “Liverpul”ni tanlagan bo‘lardim.

Kichikligimda otam bilan birga ularning har bir uchrashuvini tomosha qilardik. Bu klub hamon qalbimda turibdi, - dedi Yoshko Gvardiol.

20 yoshli himoyachi ayni paytda “Leyptsig” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Mavsum yakunlanganidan keyin Bundesliga klubi o‘z futbolchini 100 million evrodan qimmatroqqa sotib yuboradi.

Gvardiol uchun “Real”dan tashqari “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari kurashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!