
"Real"ni qishda hujumchi tark etishi mumkin
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Endrik bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
"TodoFichajes" xabar berishicha, madridliklar 18-yoshli hujumchini ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni ijaraga berishmoqchi. Braziliyalik forvardga hozirda "Xetafe" va "Valyadolid" klublari qiziqish bildirishmoqda.
"Qirollik klubi" safida Endrik 16 ta uchrashuvda maydonga tushib 2ta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. nufuzli "Transfermarkt" portali uni 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar