“Real”ni tashlang, Janob! Anchelottini boshqa superklub chaqirdi

  • 17 mart, 10:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelottining “Real”dagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Garchi jamoa La Liga va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa-da, Florentino Peresning o‘ziga yarasha boshqa rejalari bor.

Tecno

Madridliklar 65 yoshli murabbiy o‘rniga yosh mutaxassisni olib kelmoqchi. Ayrim manbalar “Qirollik klubi” rahbariyati “Bayer”ga ustozlik qilayotgan Xavi Alonso bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani va ispaniyalik mutaxassis yozda jamoani qabul qilib olishi haqida yozmoqda.

Karlo Anchelotti darajasidagi murabbiy ishsiz qolmaydi. Italiyalik ustozni “Chelsi” o‘ziga jalb qilmoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, “aristokratlar” hozirgi bosh murabbiy Entso Mareskani uzoq muddatli loyihani muvaffaqiyatli boshqarishiga shubha bildira boshlagan. Shu bois, “Chelsi” ilgari jamoa bilan birga ishlagan Karlo Anchelottini ortga qaytarish variantlarini o‘rganib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!