"Real"ning 11 yillik antirekordi yangilandi
Madridning "Real" klubi Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini to‘xtatdi.
Musobaqaning 1/8 final bosqichida "Manchester Siti" ispanlarni ikkita bahsda ham 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
So‘nggi bor, 2008/09 yilgi mavsumda "Real" pley-offning ikkala bahsida ham yutqazib qo‘ygandi. Bundan 11 yil avval, "Liverpul" safarda ham, o‘z uyida ham madridliklar ustidan zafar quchgan.

Fikrlar