"Real"ning chempionligi ortidan "Chelsi" 10-15 mln evro ishlab oldi

  • 17 iyul, 2020, 15:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Real"ning La Liga unvonini qo‘lga kiritishi ortidan yarim himoyachi Eden Azar uchun bonus pullarini qo‘lga kiritadi.

Tecno

ESPN nashri ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar madridliklar bilan Azar bo‘yicha imzolagan shartnomada, "Real" Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritsa, "Chelsi"ga 10-15 million evro bonus pulini o‘tkazib berish haqida band kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Azar 2019 yil iyunida bonuslar qo‘shib hisoblanganda 130 million evro evaziga "Real"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Joriy mavsumda belgiyalik La ligada 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!